Xeela: The Transformation App
Shaxsiy mashg'ulot va ovqatlanish rejalari bilan fitnes ilovasi.
FlutterDart

Orzuingizdagi jismoniy ko’rinishga erishishingiz uchun maqsadlaringizdan kelib chiqib shaxsiy dastur tuzib beradigan №1 transformatsiya ilovasi.
Xeela ilovasi bilan siz:
- Har kuni qancha ovqatlanishni aniq bilasiz. Ratsion ovqatlanish odatlaringiz, yoshingiz, vazningiz va fitnes maqsadingizga qarab belgilanadi — nima foydali-yu nima zararligini taxmin qilishga hojat qolmaydi. Kaloriya va makronutriyentlar siz uchun hisoblab beriladi va tushunarli shaklda taqdim etiladi.
- Qaysi mashqlarni bajarishni aniq bilasiz. Maqsadlaringizga moslab tuzilgan mashg’ulotlar.
- Nima yeyishni aniq bilasiz. Barcha retseptlar va ko’rsatmalarni biz taqdim etamiz.
- Tanani o’zgartirish uchun yaratilgan ilovadan foydalanasiz.
- Taraqqiyotingizni kuzatasiz. Takrorlashlar va og’irliklardagi progressni qayd etib, vizual kuzatib boring.


